Milliy bayramimiz sharafiga "O'zbekiston - bizning mustaqil Vatan, milliy armiya bizning g'ururimiz" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu bayramda 11 ta iste'fodagi ofitserlar taklif etildi. Ular katta ishtiyoq bilan talabalarga o'z harbiy hayotidagi kechinmalari bilan o'rtoqlashishdi. Hozirgi paytda milliy armiyamizda qanday o'zgarishlar bo'lib o'tgani, harbiy shifokor bo'lish qanday kasb-mahoratni talab qilishi va yaratilgan keng imkoniyatlar, ayniqsa yoshlarga berilayotgan imtiyozlar haqida so'zlab berdilar. Tadbir jarayonida ToshPTI va "Kamolot" BT faol talabalari o'zlarining ko'rgazmali chiqishlari bilan barcha hursand qildilar. Bayram yaqunida ofitserlarga ToshPTI nomidan esdalik sovg'alari ulashildi.